Самарканд Дарвоза

  • Подписчики: 37 подписчиков
  • ID: 30627715
Блокировка:
Нет ограничений
Верификация:
Сообщество не верифицировано администрацией ВКонтакте
Видимость
открытое
Популярность:
У сообщества нет огня Прометея
Домен:
samarqanddarvoza

Описание

Махалля Samarqand Darvoza Description Toshkentning samarqand darvozasi Maktabimiz bizning ikkinchi uyimiz sanaladi. Demak, «uy»imiz joylashgan go‘sha ham biz uchun juda qadrlidir. Shunday ekan, uning tinchligi, obodligi uchun biz ham qayg‘urishimiz, tarixini yaxshi bilishimiz lozim. Shu maqsadda Shayxontohur tumanidagi 13-maktabimiz joylashgan «Samarqand darvoza» guzarining tarixi bilan qiziqdim. Otaxonlarning ay­tish­laricha, Tosh­kent­ning 12 darvozasidan biri joylashgani uchun «Samarqand darvoza» deb nomlangan bu ma­halla azaldan juda fayzli, aholisi ahil, mehr-oqibatli bo‘lgan ekan. Uch tomonida choyxonalar bo‘lib, sozandalar, xonandalar ishtirokida yig‘inlar o‘tkazilar, dorbozlar, qiziqchilar tomoshalar qo‘yib, guzarni saylgohga aylantirib yuborisharkan. Choyxonalar yonida baland-baland ustunlar bo‘lib, ularga o‘rnatilgan kerosinli osma chiroqlar mahallani charog‘on qilib turarkan. Mahalliy aholi «interes» deb nom qo‘yib olgan bu chiroqlarni Toshpo‘lat ota degan odam har kuni yoqib, o‘chirib turgan ekanlar. 1936-37-yillarda Usmon Yusupovning tashabbusi bilan mahallada 2 qavatli maktab qad rostlabdi. 1960-yilda qurilgan bolalar bog‘chasi mahalla kichkintoylarini o‘z bag‘riga olibdi. Guzar hududida bog‘lar ko‘p bo‘lgani uchun A.Xoliqov ko‘chasida bolalar oromgohi ham qurilibdi. Ushbu mahallada juda ko‘plab xalqimiz ardog‘idagi taniqli insonlar yashab, ijod qilishgan. O‘zbekiston Qahramoni, sevimli yozuvchimiz Said Ahmad, romannavis Abdulla Qodiriy – Julqunboylar shular jumlasidandir. Yozuvchining ijodxonasi hozirda ham saqlanib kelinmoqda. O‘zbek folklori asoschisi – Muzayana Alaviya, «Mushtum» jur­nali­ning taniqli rassomi Alijon Xoliqov hamda O‘zbekiston xalq ar­tisti Tolib Karimovlar mahallaning faxrli fuqarolari hisob­lana­dilar. 2004-yilda bundan 50 yil avval qurilgan eski choyxona va mahalla binosi o‘rnida yangi mahalla idorasi va otalar choyxonasi qad rostladi. Termiz ko‘chasidagi tashlandiq choyxona Sobidxon Karimxo‘jayev degan insonning himmati bilan qayta tiklandi. «Samarqand darvoza»si 1994-yili ramziy ma’noda arka ko‘rinishida homiy fuqarolar tomonidan qayta barpo etildi. Hozirgi kunda qayta ta’mirlangan bu darvoza zamonaviy Toshkentda qadimiy me’morchilik uslublari qo‘llanilgan yagona darvoza hisoblanadi. Vatan ichra mo‘jaz Vatanimiz sanalmish mahallamizning milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz saqlangan holda kundan-kunga ko‘rkamlashib, chiroy ochib borayotganidan biz ham behad shodmiz. Author: Hilola RAVSHANBEKOVA Illustrator : Shukur Ergashev